+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialiga neyroxirurgiya sohasi mutaxassislari tashrif buyurdi

2021-yilning 12-fevral sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Neyroxirurgiya va qo‘shma jarohat bo‘limi rahbari, t.f.d., professor K.E.Maxkamov, shifokor-neyroxirurg Sh.Boymenov, neyroreanimatsiya bo‘limi neyroreanimatologi A.Toxirovlar tashrif buyurishdi.

 

Tashrif davomida “Sterebrovaskulyar patologiyalar va ularni neyroxirurgiyada davolash”, “Anevrizmalar va arteriovenoz malformatsiyalar”, “Neyroxirurgik amaliyotning o‘ziga xos xususiyati” mavzularida ma’ruza qilindi.

 

Ma’ruza davomida mavzu yuzasidan talabalar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

 

Muloqot so‘ngida, ma’ruzachilar filialda yaratilgan shart-sharoitlar ularda juda ijobiy taassurot qoldirganligini bildirib, talabalarning izlanishlari va kelgusidagi rejalarining amalga oshishida ulkan zafarlar tilashdi. Shuningdek, neyroxirurgiya sohasini tanlagan talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri K.E.Maxkamovga murojaat qilishlari mumkinligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, mutaxassislar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialida va Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, bemorlarning tibbiy holati yuzasidan maslahatlar berishdi.


5Q4A2376


5Q4A2391


5Q4A2378


IMG-0913

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.