+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Litsey o’quvchi-yoshlari Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Mungli ko‘zlar” asari asosida sahna ko’rinishini namoyish etishdi

2021-yilning 13-fevral sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi o’quvchi-yoshlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta ustuvor tashabbusi doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari-direktor B.S.Yo’ldashev, filial Ma’naviyat-ma’rifat va yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Sh.Q.Yo‘ldoshova, litsey direktor o‘rinbosarlari D.T.Xudayberganov va B.R.Saparov hamda pedagog-xodimlar va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

 

Tadbir Xudoyberdi To‘xtaboyevning Mungli kozlar asari asosida olib borilib, akademik litsey badiiy havaskorlik to‘garagi tomonidan romandagi mol-dunyoga berilgan ota-ona va farzandlarning fojeali qismati turli sahna ko’rinishlari orqali ochib berildi.

 

Shuningdek, romandagi oʻziga toʻq oila va shu oilaning muammolar ichida qolishi, ota pora bilan qoʻlga tushishi, noqonuniy savdo bilan shugʻullanuvchi tillafurush onaning jinoyatlari, Nigora, Zafar va ularning nogiron akasi Akbarning taqdiri badiiy obrazlar orqali yoritib berildi.


photo-2021-02-12-17-11-21


photo-2021-02-12-17-11-30


photo-2021-02-12-17-12-05

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.