Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqola tanlovining 2021-yilgi g’olibi bilan davra suhbati o’tkazildi
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 89 marta ko'rildi:
2021-yilning 11-fevral sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida talaba-yoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida talabalar, doktorantlar va tadqiqotchilar o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotagan an’anaviy “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqola tanlovining 2021-yilgi g’olibi, Toshkent tibbiyot akademiyasi tayanch doktaranti Shaxnoza Yusupova bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Shaxnoza Yusupova bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni ta’lim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar xususida gapirib, shu yoshlar qatorida o’zi ham aynan shu kabi imkoniyat va sharoitlardan foydalanib erishgan yuqtuqlari to’g’risida gapirib berdi.
Shuningdek, suhbat davomida mazkur tanlovda g’oliblarga taqdim etilgan pul mukofoti hamda sovg’alardan ham ko’ra meni eng ko’p quvontirgani – bu kuchli bilimga ega ishtirokchilar qatorida men ham g’oliblikni qo’lga kiritganim deya ta’kidladi.
Suhbat so’ngida Iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil qilish sektori boshlig‘i I.S.Yusupov Shaxnoza Yusupovaga tanlov g’olibligi uchun tas’is etilgan diplom hamda tanlangan maqollar asosida chop etilgan “Yangi O’zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli ikkinchi kitobni taqdim etib, ushbu muvofaqqiyat bilan yana bir bor tabrikladi.
TTA Urganch filiali Matbuot xizmati