+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filial direktori xorijlik talabalar uchun tashkil etilgan oshxona bilan tanishdi

Xabaringiz bor, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida qo‘shni xorijlik davlatlar Turkmaniston va Qirg‘iziston davlatlaridan tashqari, uzoq xorijiy davlatlardan, jumladan, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston kabi davlatlardan talabalar bilim olishmoqda.

 

Talabalar zamonaviy talab standartlar asosida bilim olishlari hamda shinam va qulay sharoitda yashashlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, mustaqil ravishda ishlanishlari va doimiy foydalanishlari uchun ingliz va rus tillaridagi o‘quv darsliklar va adabiyotlar bilan ham ta’minlangan.

 

Ma’lumki, har bir xalq o‘zining tarixiy rivojlanish davri mobaynida  shakllangan milliy ovqatlanish madaniyatiga ega bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilgan davlatlar - Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg’onistonning ayrim qismlarining ovqatlanish madaniyati o‘zbekistonliklarnikiga o‘xshab ketsa, Pokiston va Hindiston xalqining ovqatlanish madaniyati biznikidan butunlay farq qiladi.

 

Aynan shu bois, filial binosi yaqinida xorijlik talabalar uchun alohida kichik oshxona tashkil etilgan. Ushbu oshxonada afg‘on, pokiston va hind milliy taomlari tayyorlanmoqda.

 

“Asl Pharma” firmasi vakillari Talat Akbarov va Alimgir Xan taklifiga binoan, 2021-yilning 15-yanvar sanasi filial direktori R.Y.Ruzibayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.A.Duschanov ushbu oshxonani ko‘zdan kechirish, talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida u yerda bo‘lib, talabalar bilan birga tushlik qilishdi.

 

Tushlikdan so‘ng, Rashid Ruzibayev talabalar bilan suhbatlashib, tez kunlar ichida mahalliy va chet ellik talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillashtirilishi, har bir davlat vakillari o‘zlarining urf-odatlaridan kelib chiqib sport, teatr, musiqa, tasviriy san’at hamda boshqa san’at turlari bo‘yicha chiqishlar tashkil etilishi xususida to‘xtalib o‘tdi.


photo-2021-01-16-11-42-31


photo-2021-01-16-11-43-07


photo-2021-01-16-11-43-11


photo-2021-01-16-11-43-14


photo-2021-01-16-11-43-17


photo-2021-01-16-11-43-22


photo-2021-01-16-11-43-25

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.