Litseyda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi

2021-yilning 15-yanvar kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademikl iseyida tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda Ma’naviyat-ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Xudayberganov, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari N.Norov, J.Nazarov va 103-TF guruhi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.

 

1


2

  

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari N.Norov va J.Nazarovlar “Is gazi, uning oqibatlari, kelib chiqish sabablari va oldini olish vazifalari”, “Oziq ovqat mahsulotlaridan zaharlanish – botulizm kasalligi”, “Quturish va uning profilaktikasi”, “Yong‘in xavfsizligi qoidalar” mavzularida ma’ruza qilishdi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.

 

TTA Urganch filiali matbuot xizmati