Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni!
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 118 marta ko'rildi:
14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni!
Bugun, TTA Urganch filialida O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo’lsa, mendirman o’sha” shiori
ostida tadbir o’tkazildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan ona vatanimizni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar, QVZ jamosi chiqishlari va harbiy jangovor chiqishlar bayram shodiyonasiga yanada fayz qo’shdi.
Ona Vatan ravnaqi yo’lida o’zining mas’uliyatli va sharafli burchini munosib ado etayotgan mard o’g’lonlarimiz, fidoyi yurtdoshlarimiz – barchangizni filial ma’muriyati nomidan samimiy
muborakbod etamiz. Mustahkam sog’liq, kuch-g’ayrat, oilaviy baxt va fayzu baraka doimiy hamrohingiz bo’lsin.
Bayramingiz muborak, aziz yurt posbonlari!
TTA Urganch filiali matbuot xizmati