Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
TTA Urganch filiali akademik litseyi o‘qituvchilari o‘quv jarayonlarida axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha o‘quv kurslarga jalb qilinmoqda
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 70 marta ko'rildi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ 4910-sonli qarori ijrosi yuzasidan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Yo‘l xarita” ishlab chiqildi.
Mazkur yo‘l xaritaning 3-band 6-qismi hamda 13-band 2-qismiga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyining 25 nafar o‘qituvchilari filial “Biofizikavaaxborottexnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘quv jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilish” bo‘yicha o‘quv kurslarga jalb qilinmoqda.
O‘quv kurslari davomida informatika va axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasining taraqqiyot jihati, uning bugungi kundagi holati, izlanish metodlari, yangilanish sabablari, tegishli o‘quv adabiyotlar va ularni qisqacha tavsifi, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo‘g‘inlarida informatika va axborot texnologiyalari ta’limi hamda o‘qitish metodikasining o‘ziga xos jihatlari xususida batafsil tushintirishlar berib o‘tilmoqda.
TTA Urganch filiali matbuot xizmati