Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
TTA Urganch filialida navbatdagi 5-sonli filial Kengash majlisi bo’lib o’tdi
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 96 marta ko'rildi:
TTA Urganch filialida 2020-yilning 25-dekabr sanasida navbatdagi 5-sonli filial Kengash majlisi o’tkazildi.
Filial Kengashi kun tartibida “O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.S.Yuldashev va Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi mudiri D.Y.Batirovlarning Turkiya davlatiga xizmat safari” to’g’risida O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.S. Yo’ldashev, “Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 2019-2020 yil bituruvchilarining yakuniy bandlik monitoring natijalari” bo’yicha Buyurtamalar portefelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi boshlig‘i X.S. Xudayberganov, “Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ilmiy unvonlarga saylash” to’g’risida Tanlov komissiyasi raisining axborot va hisobotlari hamda turli masalalar ko’rib chiqildi.
Shuningdek, 2018-2019-2020-yillarda filialning ilmiy salohiyatini ko‘tarishga o‘z munosib hissasini qo‘shgan, rahbariyatning topshiriqlarini o‘z vaqtida bajargan va belgilangan muddatda dissertatsiyasini himoya qilgan professor-o’qituvchilar filial ma’muriyati va Kengash a’zolari tomonidan samimiy qutlanib, tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.
TTA Urganch filiali matbuot xizmati