Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Filialda davlat-xususiy sheriklik asosida bir qator ishlar amalga oshiriladi
- Detallar
- Yangiliklar kategoriyasi
- 87 marta ko'rildi:
Joriy yilning 22-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga bir guruh xususiy tadbirkorlar taklif qilinib, filial direktori R.Y.Ruzibayev hamda Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.R.Sapayevlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda 2021-yilda filial talabalari uchun qo‘shimcha talabalar turar joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalar yuzasidan tadbirkorlarning takliflari muhokama qilindi.
Muhokama davomida talabalar uchun zamonaviy sport maydonchalari, “Book cafe”, maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchalarini tashkil etish borasidagi takliflar ham bildirilib, loyihalashtirish masalalari to‘g‘risida kelishib olindi.
TTA Urganch filiali matbuot xizmati