+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali akademik litseyiga kirish imtihoni o’tkazildi

2020-2021 o’quv yili uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyiga xujjat topshirgan jami 467 nafar o’quvchilarni akademik litseyga qabul qilish bo’yicha saralash imtihonlari joriy yilning 8-9 sentabr kunlari bo’lib o’tdi.

 

Saralash imtihonlari karantin qoidalariga to’liq rioya qilingan holda, filial binosining ochiq hovlisida tashkil qilindi. Shuningdek, hududga kirishda o’quvchilar tana harorati o’lchanib, antiseptik vositalar bilan dezinfeksiya qilindi.

 

Imtihonda 467 nafar o’quvchidan 19 nafari noma’lum sabablarga ko’ra, 1 nafari kasalligi sababli ishtirok eta olmadi.

 

Imtihon natijalari 2020-yilning 10-sentabr kuni akademik litseyning e’lonlar taxtasiga ilib qo’yildi. Natijalarga ko’ra o’zbek guruhiga 132 nafar, rus guruhiga 26 nafar o’quvchi qabul qilindi.

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi “Akademik litseylarga umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarini tanlab olish, o’qishga qabul qilish, ularning o’qishini ko’chirish va o’qishdan chetlatish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash xususida”gi 212-sonli Qaroriga asosan o’quvchilarning apellyatsiya arizalari qabul qilinishi va ko’rib chiqilishi apellyatsiya komissiyasi ishtirokida 2020-yilning 11-12 sentabr kunlarida o’tkazilishi belgilangan.


photo-2020-09-11-10-24-43


photo-2020-09-11-10-24-48


photo-2020-09-11-10-25-05

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.