+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risidagi qonun targ’ibotiga bag’ishlangan videokonferensiya

Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko’rsatish o’zbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biridir. Shu ma’noda O’zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rni va mavqeini mustahkamlash borasida davlat ahamiyatiga molik tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, jamiyatda siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ayollarga, yoshlarga, oilaga bo’lgan munosabat va e’tibor bilan bog’liq. Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning barcha sohada teng huquqli mehnat qilishining huquqiy asoslari yaratilgan.

 

Shu munosabat bilan 2020-yilning 9-sentabr sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida filial Xotin-qizlar masalalalari bo’yicha direktor maslahatchisi F.E. Atajanova va filial psixologi D.Sh. Avazyazovalar tashabbusi bilan Xotin qizlarni tazyiq va zoravonlikdan himoya qilish togrisidagi qonun targiboti ga bag’ishlangan videokonferensiya bo’lib o’tdi.

 

Ushbu konferensiyada bir qator hamkor tashkilotlar, jumladan, Xorazm viloyat IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari, mayor D.Sh. Bog’ibekova, Urganch tuman bosh imomining xotin-qizlar masalalalari bo’yicha yordamchisi A.Q. To’rayeva hamda filial professor-o’qituvchilari, guruh murabbiylari, filial qoshidagi akademik litseyi jamoasi ishtirokida o’tkazildi.

 

Videokonferensiya orqali ishtirokchilar O’zbekiston Respublikasi Qonuqchilik palatasi tomonidan 2019-yil 2-sentabr sanasida qabul qilingan “Xotin qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonun mazmuni bilan tanishib, mamlakatimizda xotin-qizlarning haq va huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar mazmuniga himoya orderining berilishi bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lishdi.


photo-2020-09-09-15-18-36


photo-2020-09-09-15-46-40-2

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.