+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filial talabasi Karriyeva Dilnura “Siyosatdan so’zlovchi asar” audioroliklar tanlovi g’oliblikini qo’lga kiritdi

photo-2020-08-28-10-14-35

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshida tashkil etilgan “SIYOSATDON” intelektual klubi 2020-yilning 15-20 avgust kunlari Respublika miqyosida “Siyosatdan so’zlovchi asar” mavzusida audioroliklar tanlovini o’tkazdi.

 

Mazkur tanlovda TTA Urganch filiali “Davolash” fakulteti “Oliy hamshiralik ishi” yo’nalishining 231-guruh talabasi Karriyeva Dilnura faol ishtirok etib, 3-o’rinni qo’lga kiritdi.

 

Karriyeva Dilnura tanlov taassurotlarini biz bilan o’rtoqlashdi:

 

“Tanlov 5 rukn doirasida bo’lib o’tdi. Men asosan “Siyosatdan so’zlovchi asar” yo’nalishida ishtirok etdim, bunda ishtirokchi siyosatga bag’ishlangan bitta asarni o’qib, undan olgan taassurotini audio tarzida jo’natishi talab etilgan edi. Men Sohibqiron bobomiz Amir Temurning “Temur Tuzuklari” asarini mutolaa qildim va ijodiy ishimni audio tarzida yubordim.

 

Ushbu tanlovda qatnashish orqali nafaqat siyosiy savodxonlik bo’yicha bilimga ega bo’ldim, balki Respublika miqyosida taniqli siyosatshunos insonlarning tavsiya va maslahatlari bilan o’rtoqlashdim. Tanlovdan keyin g’oliblar bilan bo’lgan ilk master-klassimiz mehmoni O’zLiDEP Siyosiy Kengashi ijroiya qo’mitasi yoshlar bilan ishlash bo’lim mudiri Yusufjon Yusupov bo’ldilar. Bu suhbat jarayonida o’zimni qiziqtirgan ko’plab savollarga javob oldim.

 

Ushbu tanlov menga juda katta muvaffaqqiyat yo’lini ochib berdi. Buning isboti sifatida “SIYOSATDON” intelektual klubiga hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan tashkil etilgan “IQTIDORLI TALABA-YOSHLAR KLUBI”ga tanlov asosida qabul qilinganligimni aytish mumkin.

 

Respublika bo’yicha juda ko’plab faol, intiluvchan, kreativ yoshlar bilan bir jamoada bo’lganligimdan juda xursandman. Kichik bir muvaffaqqiyatimni yuqori baholagan va menga ishonch bildirgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ma’muriyatiga, shuningdek, TTA Urganch filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkilotiga o’z minnatdorchiligimni bildiraman!”

 

Filial ma’muriyati nomidan Karriyeva Dilnurani ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etib, o’qishida va kelgusi izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!


photo-2020-08-28-10-16-05

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.