+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O’zbekiston Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan filial direktori Rashid Ruzibayevning tabrigi

photo-2020-09-02-10-30-11

 

Assalomu alaykum hurmatli, aziz ustozlar, qadrli talaba-yoshlar!

 

Barchangizni O’zbekiston Respublikasining 29 yillik mustaqillik kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman, Sizlarga sog’liq-salomatlik, tinchlik va xonadonlaringizga xotirjamlik tilayman. Mustaqilligimiz abadiy bo’lishini tilab qolaman!

 

Sizlarga ushbu kunda murojaat qilmoqchiman!

 

Aziz talaba yoshlar, sizlarni buyuk kelajak kutib turibdi! Siz tanlagan kasb – shifokorlik kasbi, kasblar ichida eng sharaflisi va oliy janobidir! Siz kelajakda millionlab insonlarga hayot bag’ishlaysiz, ularni sog’lom turmush tarziga o’rgatasiz. Inson uchun eng buyuk baxt bu – sog’lik!

 

COVID-19 pandemiya davrida bu kasb egalariga bo’lgan hurmat, e’tibor, ishonch va matonat, mehr-oqibat yanada kuchaydi. Shifokorlarimizning Vatanga muhabbati, vatanparvarlik hissi, inson salomatligi uchun jonini fido qiluvchi shaxs ekanligini ko’rsatib berdi.

 

Sizlar kelgusida mana shu ulug’ nematni asrovchi kasb egalari bo’lib yetishasizlar!

 

Avvalo shunday buyuk kasb egasi bo’lish, yetuk mutaxassis bo’lish uchun albatta chuqur bilim olishingiz lozim. Ikkinchi sentabrdan barchamiz o’qishni masofaviy ta’limda amalga oshiramiz. Umid qilamanki barchangiz ushbu jarayonga jiddiy e’tibor qaratasiz, chuqur bilim olishga intilasiz. Barcha ustozlar, Sizlarning kerakli bilimlarni olishlaringiz uchun doimo tayyorlar.

 

Filial rasmiy www.urgfiltma.uz veb-saytida moodle tizimi orqali, Siz, o’zlashtiradigan fanlarga tegishli materiallar to’liq kiritilgan. Yangi 2020-2021 – o’quv yili dars jadvallari, yangi bosqich guruhlar ro’yxatlari hammasi saytda joylashtirilgan.

 

Epidemiologik vaziyat mana shunday holatda saqlanib qolsa ikkinchi oktabrdan boshlab an’anaviy o’qish tizimiga o’tamiz.

 

Ertaga juda ko’pchilik abituriyentlar uchun hayajonli damlar boshlanadi. Talabalikga qabul qilinishi uchun davlat test imtihonlariga start beriladi. Barcha abituriyentlarga omad tilayman. Ishonamanki siz o’z bilimingiz va salohiyatingiz bilan albatta talabalikka erishasiz. BarchangizgaToshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialini tanlaganingiz uchun va albatta uning talabasi bo’lishdek sharafli tanlovingizda omadlar tilayman. Muvaffaqiyatlar sizlarga hamroh bo’lsin!

 

Yana bir bor barchangizga bayram muborak bo’lsin!

 

Hurmat bilan TTA Urganch filiali

direktori  R.Y. Ruzibayev

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.