+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Muqaddas ayyom – Qurbon hayit bayrami muborak bo’lsin!

photo-2020-07-30-16-40-49Hurmatli va qadrli Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlari, Sizlarni, muqaddas ayyom - Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan tabriklab, ezgu tilaklarimni bildirishdan g’oyat mamnunman.

 

Bu kun insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan, qalblarda mehr-muruvvatni jo’sh urdiradigan, saxiylik, ezgulik, mehr-oqibat kabi xislatlar keng yoyiladigan kun. Ana shu qutlug’ bayram har bir xonadonga baxtu saodat, quvonchu shodlik, tinchlik va omonlik olib kelsin! Xonadoningizda fayzu baraka va osoyishtalik ziyoda bo’lsin!

 

Fursatdan foydalanib, ayni kunlarda siz-u bizdek tibbiyot xodimlarining ko’magiga muhtoj bo’layotgan va madad kutayotgan insonlarga yordam qo’lini uzatishdan charchamayotgan filial jamoasining fidoiylariga o’zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Xalqimiz uchun xizmat qilishda davom etishingizda sizni qo’llab-quvvatlab, oilaviy hotirjamlik, sihat-salomatlik, hamda ilmiy izlanishlaringiz va kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

 

Hozirgi karantin sharoiti, shunday ulug’ kunlarda biz mo’min-musulmonlarni sinovdan o’tkazadigan bir imtihon deb qarashingizni, asrlar osha ota-bobolarimiz, momolarimizdan o’tib kelayotgan urf-odatlarimizga sodiq qolgan holda, bu ofatni albatta yengib o’tamiz!

 

Kelgusi Qurbon hayit bayramini butun dunyo bo’ylab keng va tantanali tarzda nishonlash imkoni nasib qilishiga umid bog’lagan holda, yana bir bor qutlug’ ayyom – Qurbon hayit bayrami bilan barchani muborakbod etaman!

 

Hurmat va ehtirom ila

TTA Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.