+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida onlayn ma’rifiy uchrashuv tashkil qilindi.

IMG-1810

O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019-yil  27-maydagi PF-5729 – son Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 16-iyuldagi №87-06-599-sonli xati ijrosini ta’minlash yuzasidan professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar orasida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida manfaatdor idoralar bilan hamkorlikda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2020-yil 25-iyulkuni filial professor-o’qituvchi va talaba-yoshlari ishtirokida “Korrupsiya va poraxo’rlikka qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida ma’rifiy uchrashuv Zoom platformasi orqali onlayn tarzda tashkil qilindi.

 

Uchrashuvda O’zbekiston Musulmonlar idorasi Urganch shahar bosh imomi o’rinbosari  X.S.Atajonov, DXX Xorazm viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi A.A.Islamov, TTA Urganch filiali “Davolash” fakulteti dekani O.O.Masharipov, “Pediatriya” fakulteti dekani Sh.A.Sapayeva, Ma’naviyat – ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i Sh.Q.Yo’ldoshova, Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi uslubchisi G.S.Adambayeva, Ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari  J.N.Jumaniyazov, E.N.Alimov, bo’lim boshliqlari, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar onlayn tarzda ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv davomida mutasaddi xodimlar o’z ma’ruzalari bilan yoshlarga mavzu doirasida tushuntirishlar berib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berib borishdi. Shuningdek, mavzu yuzasidan DXX Xorazm viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi A.A.Islamov “Biz korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz, barchamiz birga harakat qilmog’imiz zarur. Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va ob’ekti sifatida alohida olingan korrupsioner emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo’lishini anglagan holda harakat qilmog’imiz lozim bo’ladi”, – deya ta’kidladi.

 

Uchrashuv yakunida davolash fakulteti dekani O.O.Masharipov ham bu boradagi o’z fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi va professor-o’qituvchilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kun uchun dolzarb ahamiyat kasb etishi, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bu boradagi ijobiy tajribasini o’rganish hamda amaliyotga tatbiq etish lozimligi to’g’risida takliflar bildirildi.

 

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.