+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda Hindistonlik talabalarni o’z vataniga kuzatish tadbiri o’tkazildi

2020-yilning 17-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi Hindistonlik talabalarning 29 nafarini o’z vataniga kuzatish tadbiri bo’lib o’tdi. Talabalarning joriy yil 18-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportidan Hindiston Respublikasiga charter reys orqali jo’nab ketishi rejalashtirilgan.

 

Kuzatuv tadbirida filial direktori Rashid Ro’zibayev talabalar bilan muloqot qilib, ularga o’tgan 2019-2020 o’quv yili pandemiya sababli rejalashtirilgani kabi ko’ngildagidek bo’lib o’tmangani, shunga qaramasdan, barcha dars mashg’ulotlari onlayn tarzda imkon qadar yuqori savida o’tkazilishi ta’minlanganligi xususida so’z yuritdi. Shuningdek, talabalar o’z uylariga yetib olishganlaridan keyin ham Moodle tizimidan foydalanib, dars jarayonlarida o’zlarining faol ishtirokini va kuzatuvini davom ettirishlari mumkinligi aytildi.

 

Filial ma’muriyati tomonidan Hindistonlik talabalarga o’z vatanida amaliyot o’tash imkonini beruvchi maxsus hujjat taqdim qilindi. Bu hujjat asosida talabalar istalgan har qanday tibbiy muassasaga murojaat qilib, o’z amaliyot mashg’ulotlarini o’tashi mumkin va bu orqali aynan shu muassasa rahbariyati talabalarning amaliyot davridagi foaliyatini baholash huquqiga ega bo’ladi.

 

Tadbir so’nggida talabalarga oq yo’l tilagan holda, ota-onalari va yaqinlariga O’zbekiston xalqining samimiy ezguliklari va salomlari yo’llandi. Shu bilan birga, kelgusi 2020-2021 o’quv yilidan barchasi o’z o’rnida bo’lishi hamda dars mashg’ulotlari odatiy tarzda o’tkazilishiga umid bog’landi.


IMG-1504


IMG-1512


IMG-1515

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.