+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Yosh olimlar uchun tashkil etilgan “O’zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlarda talabalarning o’rni” nomli masofaviy konferensiyada filial talabasi faol ishtirok etdi

2020-yilning 20-may sanasida “Respublika Yosh Olimlar Kengashi” hamda “O’zbekiston fanlar akademiyasi” tashabbusi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “O’zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlarda talabalarning o’rni” nomli turli xil 18 ta sho’bada bo’lib o’tgan, tibbiyot yo’nalishi bo’yicha 30ga yaqin ishtirokchilari (talaba va magistrlar) qatnashgan masofaviy konferensiyada TTA Urganch filiali “Pediatriya” fakultetining iqtidorli talabasi Yerejepbayev Quvanish alohida ehtiromga sazovor bo’lib ishtirok etdi.

 

Avvalgi yangililarimizda ham ushbu talabamizning xayriya ishlarida faolligi to’g’risida xabar bergan edik. Shulardan kelib chiqqan holda, konferensiya so’ngida “O’zbekiston Fanlar Akademiyasi” Yosh olimlar bilan ishlovchi mas’ul xodimi G.X. Tillayeva Yerejepbayev Quvanishning talaba sifatida bir oylik stipendiyasiga amalga oshirgan xayriya ishlarini oliyjanoblik, deb ta’kidlab o’tdi.

 

Ayni damda talabamiz masofaviy ta’limdan bo’sh vaqtida ilmiy rahbari, “Ichki kasalliklar va teri-tanosil kasallikllari” kaferdrasi mudiri, t.f.n., dotsent  Z.F DJumaniyozova bilan birgalikda “Navoiy viloyatida havo atmosferasi orqali kelib chiqadigan yurak-qon tomir kasalliklarining profilaktikasi” mavzusida o’z nazariy ilmiy izlanishini hamda ustozi, “Pediatriya” fakulteti dekani, “Klinik anatomiya va morfologiya” kafedrasi mudiri  t.f.n., dotsent Sh.A. Sapayeva bilan birgalikda barcha talabalar uchun erkin foydalansa bo’ladigan o’quv-uslubiy qo’llanma ustida masofaviy ish olib bormoqda.

 

Filialimizning intiluvchan va tashabbuskor talabasi Quvanishga o’qish va mehnat faoliyatida doimiy zafarlar, bundan ham yuqori loyiha va tadbirlarda oldingilar qatorida ko’rinib, oliygohimizning obro’sini oliy darajada himoya qilib yurishini tilab qolamiz. Hozirdan o’zi izlanayotgan Kardiologiya sohasining yetuk mutaxassisi hamda jamiyatdagi siyosiy jarayonlarda ham faolligi bilan o’z o’riniga ega bo’lishiga filialimizning jamoasi tomonidan ishonamiz!


IMG-20200606-142909-467


photo-2020-06-09-09-28-32

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.