+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

YUNESKO Xalqaro savodxonlik mukofotlari 2020 uchun nomzodlarni e’lon qiladi

IMG-1334

YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining joriy yil 15-maydagi 133/20-sonli xatiga muvofiq quyidagilarni ma’lum qilamiz:

 

YUNESKOning “Savodxonlik ta’limi: muallimlarning o’rni va pedagogikaning o’zgarishi” mavzusiga bag’ishlangan Savodxonlik sohasidagi Xalqaro mukofoti e’lon qilingan bo’lib, ushbu tanlov quyidagilarni o’z ichiga oladi:

– Qirol Sejong nomidagi Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Ona tili savodxonligini rivojlantirish” ga xissa qo’shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan YUNESKO mukofoti;

– Konfutsiy nomidagi Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Qishloq hududlaridagi katta yoshlilar va xotin-qizlar savodxonligini oshirish” ga xissa qo’shgan nomzodlarni taqdirlashga qaratilgan YUNESKO mukofoti.

Tanlov shartlariga ko’ra, Qirol Sejong nomidagi mukofot ikki nafar nomzodga hamda Konfutsiy nomidagi mukofot 3 nafar nomzodga taqdim etiladi. Tanlovda g’olib chiqqan nomzodlar maxsus medal, diplom va 20 000 AQSH dollari miqdoridagi mablag’ bilan mukofotlanadilar.

 

Mazkur YUNESKO tanlovi bo’yicha batafsil ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifa orqali olish mumkin: https://en.unesco.org/themes/literacv/prizes

 

Ushbu savodxonlik tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar www.unesco.org/ilp/account veb-sahifasida ro’yxatdan o’tishlari kerak. Ro’yxatdan o’tgandan so’ng veb-sahifadagi maxsus shakl nomzodlar tomonidan onlayn tarzda to’ldirilishi zarur.

 

Oxirgi muddat: 2020-yil 28-iyun

 

Nomzodlar tomonidan to’ldirilgan anketalarning elektron shakli (PDF) YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasining quyidagi elektron manziliga yuborilishi kerak: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

 

YUNESKO so’roviga ko’ra onlayn taqdim etilgan nomzodnomalar YUNESKO ishlari bo’yicha Milliy komissiya kotibiyati tomonidan 2020-yil 12-iyul kuniga qadar tasdiqlanadi.

 

Tanlov bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha ma’lumot uchun This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga ham murojaat qilish mumkin.

 

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.