+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

AYYOM MUBORAK BO’LSIN!!!

IMG-1262

 

Hurmatli Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlar, barchangizni Iyd ul Fitr, muborak Ramazon hayiti bilan filial ma’muriyati va shaxsan o’z nomimdan samimiy muborakbod etaman! Siz orqali oila a’zolaringiz, qavmu qarindoshlaringizga ham ushbu Kun xayrli bo’lishini tilayman!

 

Butun musulmon ahli uchun mo’tabar va qadrli bo’lgan shu saodatli Ramazon hayit ayyomida filialda faoliyat olib borayotgan fidoyi insonlarning yurtimiz ravnaqi, diyorimizning osoyishtaligi, yosh avlodni mutaxxasislik ta’limi, ilmu fan va hayot sirlarini o’rgatishdek mas’uliyatli ishlarida shijoat, qut-baraka tilab, o’z oldiga qo’ygan yuksak maqsadlariga erishishlarida muvaffaqiyat hamroh bo’lishini so’rayman.

 

Ramazon oyining fayzu tarovatidan bahramand bo’lib, jamiyatimizda o’zaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlash, ota-onalar, qarindosh-urug’lar, qo’ni-qo’shnilar, keksalar, ustozlar, bemorlar, ehtiyojmand insonlarga beg’araz yordam berish singari savobli ishlarni amalga oshirishda mehr-shavqat, ezgulik, soflik kabi buyuk fazilatlarimizni yanada yorqin namoyon etishda davom etamiz degan umiddaman.

 

Yana bir bor barchangizni Muqaddas ayyom – Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlayman! Xonadoningizda doimo muhabbat, tinchlik, shod-xurramlik hukmronlik qilsin!

 

Hurmat va ehtirom ila

TTA Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayev

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.