+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda talaba qizlar uchun maxsus tanlov o’tkazildi

Filialda O’zbekiston yoshlar ittifoqi TTA Urganch filiali boshlang’ich tashkiloti tomonidan talaba qizlar vaqtini unumli tashkil etish, o’zaro tajriba almashinish, bo’lg’usi tibbiyot xodimlarini serqirra inson ekanliklarini barchaga namoyon etish maqsadida joriy yilning 13-may kunidan 20-may kuniga qadar talaba qizlar uchun maxsus tanlov e’lon qilindi.

 

Tanlovda qizlar o’zlari tomonidan tayyorlangan har qanday pishiriq mahsulotlari, taomlar hamda qo’l mehnati bilan qilingan ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkinligi ma’lum qilingandi.

 

Tanlovda jami 52 nafar talaba o’z ijod namunalari bilan faol qatnashishdi. Tanlov ishtirokchilarga ovoz berish ishlari filialning rasmiy https://t.me/TTAUF telegram kanali orqali amalga oshirildi.

 

Tanlov natijalariga ko’ra:

  • 1-o’rin “Pediatriya” fakulteti 542-A guruh talabasi Allayarova Surayyo – 923 ta ovoz
  • 2-o’rin “Davolash fakulteti 304-A guruh talabasi Shuxratova Shoira –846 ta ovoz
  • 3-o’rin “Pediatriya” fakulteti 163-A guruh talabasi Bekturdiyeva Gulruh – 834 ta ovoz
  • 4-o’rin “Pediatriya” fakulteti 252-A guruh talabasi Komilova Gulyor –781 ta ovoz
  • 5-o’rin “Pediatriya” fakulteti 162-A guruh talabasi Boboqulova Sitora –743 ta ovoz to’plashgan.

 

Yuqorida ta’kidlab o’tilgan g’oliblarga maxsus diplom va esdalik sovg’alari topshirildi. Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha talaba qizlarga minnatdorchilik bildiramiz.

 

Eslatib o’tamiz, tez orada yigitlar uchun ham yangi tanlovlar e’lon qilinishi kutilmoqda!

 

IMG-1226

IMG-1228 IMG-1229 IMG-1230 photo-2020-05-14-04-05-17

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.