+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Inom Urishevich Majidov Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga tashrif buyurdi

2020-yilning 20-mart sanasida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Inom Urishevich Majidov Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga tashrif buyurib, ayni paytda filial talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan xorijlik talabalar bilan suhbat o’tkazdi.

 

Suhbatda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida e’lon qilingan karantin davrida ularda uchraydigan barcha muammolarning bartaraf etilishi, jumladan, qo’shimcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi, kerakli bo’lgan maishiy texnika vositalari sonining ko’paytirib berilishi hamda dars mashg’ulotlarining uzluksiz davomiyligini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan videodarslarni doimiy kuzatib borishlari uchun zarur sharoitlar yaratilishi to’g’risida so’z bordi.

 

Mazkur karantin holati yuzasidan vahimaga tushishga o’rin yo’qligi, aksincha, kelgusida tibbiyot sohasining bir vakili bo’lishlarini hisobga olgan holda, talab etilayotgan gigiyena qoidalariga rioya qilishlari eng yaxshi himoya vositasi ekanligi aytildi.

 

Shuningdek, o’z vataniga qaytib borish istagida bo’lgan talabalarga hech qanday qarshilik bildirilmasligi alohida ta’kidlandi.

 

Uchrashuv so’ngida Inom Majidov talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.


IMG-0539


IMG-0536


IMG-0543


IMG-0559

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.