+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Turkmaniston Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi 3-sekretari To’rayev Handurdi janoblari filialda tahsil olayotgan Turkmanistonlik talabalar bilan uchrashdi

2020-yilning 20-mart sanasida Turkmaniston Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi 3-sekretari To’rayev Handurdi janoblari Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tahsil olayotgan Turkmanistonlik talabalar bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv davomida janob To’rayev Handurdi O’zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari o’quvchilari hamda talabalari uchun koronavirus sababli ta’til e’lon qilinganligi munosabati bilan Turkmanistonlik talabalar o’zlarining bo’sh vaqtlarini qay darajada mazmunli va foydali o’tkazayotganliklari haqida qiziqdi. Shuningdek, ularga ta’til davrida o’z mutaxassisliklari uchun zarur bo’lgan adabiyotlarni o’qish, hujjatli filmlarni tomosha qilish orqali tajribalarini oshirish imkoniga ega bo’layotganliklari xususida to’xtaldi.

 

Shu bilan birga, karantin yuzasidan hech qanday havotirlanishga o’rin yo’qligi hamda talabalarning O’zbekistonda qolishlari eng ma’qul variant ekanligi to’g’risida tushuntirishlar berib o’tdi.

 

Shundan so’ng, filial binosi, talabalar turar joyi va o’quv xonalari bilan tanishib chiqdi. Ma’lum miqdorda turkman tilida yozilgan ilmiy, badiiy va boshqa turdagi kitoblar bilan ta’minlashga va’da berdi. Talabalar ta’lim olishlari, hordiq chiqarishlari uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratilganligini ko’rib, elchi janobi oliylari filial ma’muriyatiga chuqur minnatdorchilik bildirdi.


IMG-0501


IMG-0502


IMG-0504


IMG-0507


IMG-0511

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.