+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga tashrif buyurdi

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida aholi salomatligini yaxshilash boʻyicha ustuvor vazifalar belgilangan edi.  

 

Joriy yilning 13-mart sanasida Urganch shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilishni targʻib qilish boʻyicha Xorazm viloyati namunasini tashkillashtirish xususida taklif bildirdi.

 

Shu asosida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga 14-mart kuni

 

Sog’liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning tashrifi amalga oshirildi. 

 

Tashrif davomida Xorazm viloyati Sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig’i K.R. Tangriberdiyev va boshqarma xodimlari, hamda filial direktori R.Yu. Ruzibayev, filial professor-o’qituvchilari ishtirokida uchrashuv o’tkazilib, mazkur targ’ibot tadbiridan asosiy ko’zlangan maqsad aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish ishlarini yanada takomillashtirishga tibbiy taʻlim muassasalari talabalarini jalb qilish, talabalarning  boʻlajak kasblariga mas’uliyat bilan yondoshuvini kuchaytirish, talabalarning  birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida shaxslar aro muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish va samarali amaliyotini  tashkillashtirish, profilaktika tadbirlarini tashkillashtirishda tibbiy xodimlarga koʻmaklashish, aholiga sogʻlom turmush tarzi asoslari boʻyicha ma’lumotlarni yetkazish etib belgilanganligi ta’kidlandi.

 

Asosiy yig’ilishdan so’ng, Alisher Shodmonov filialda tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan suhbatda bo’lib, filialda olib borilayotgan ta’lim jarayoni yuzasidan ularning fikrlari hamda taassurotlari bilan qiziqdi. Xorijlik talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga javob qaytarildi.


IMG-0356


IMG-0337


IMG-0413


IMG-0417


IMG-0354

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.