+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda “Saodatli oila saroyini qurayotganlarga 3 ta maktub!” mavzusida tadbir o’tkazildi

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bugungi kunimizning eng dolzarb masalasi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash juda ham shaxsiy, boshqalarga aloqasi yo’qdek ko’rinadi, ammo bu harakat millatimiz ravnaqiga, xalqimiz odobiga, kelajagiga, nasl-nasabiga putur yetkazishdan saqlovchi omildir. Shularga asoslangan holda, 2020-yilning 13-mart sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida filial Xotin qizlar qo’mitasi raisi F.E.Atadjanova va filial psixologi D.Sh.Avazyazovalar tashabbusi bilan “Saodatli oila saroyini qurayotganlarga 3 ta maktub!” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

 

Davra suhbati davomida talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning o’ziga xos mezonlari bo’lgan: nikoh munosabatlariga kirishishning diniy tomoni, oilada er va xotinning intim munosabatlari, oila qurishdan oldingi ustanovkalar va yigit-qiz munosabatlari psixologiyasi, baxtli oila qurish uchun oiladagi shaxslararo munosabatlarni tashkil qilish kabi mavzular doirasida mutaxassislar ishtirokida suhbatlar olib borildi.

 

Mazkur tadbirda Xorazm viloyat “Oila markazi” yetakchi mutaxassisi Sh.F.Babayeva ham oilaviy munosabatlar xususidagi o’z fikrlarini talaba qizlar bilan o’rtoqlashdi.

 

Talaba-qizlar oilaviy hayotni tashkil etish borasidagi bilim va malakalarga ega bo’ldilar.


photo-2020-03-14-09-09-02


photo-2020-03-14-09-08-50


photo-2020-03-14-09-09-05


photo-2020-03-14-09-09-09

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.