+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda “Korrupsiya – kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omildir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

Bugungi kunda yurtimizda korrupsiya, poraxo’rlik kabi illatlarga qarshi kurashish tobora dolzarb masala ekanligi takror va takror qayd etilmoqda. Darhaqiqat, jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligi, aholining yaxshi turmush sharoitlarida hayot kechirishini ta’minlashda korrupsiya illatiga qarshi kurashish ta’lim muassasalarining eng muhim hamda ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

        

2020-yilning 8-fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida korrupsiyaga qarshi kurashni takomillashtirish va “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish maqsadida “Korrupsiya – kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi omildir” mavzusida filial professor-o’qituvchilari bilan davra suhbati o’tkazildi.

 

Tadbirda filial direktori Rashid Ruzibayev korrupsiyaga qarshi tadbirlar doirasida filialda muntazam ravishda huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilayotganligi, professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlar hamda talabalar orasida korrupsiyaning ayanchli oqibatlarini tushuntirishga qaratilgan tadbirlar o’tkazib kelinayotganligi, shuningdek, korrupsiyaga qarshi o’quv qo’llanmalari, buklet va flayerlar tarqatilayotganligi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tafsilotlari filial rasmiy veb-saytida ham keng yoritib borilayotganligini aytib o’tdi.

 

Shundan so’ng, Davlat xavfsizlik xizmati xodimi A.A. Islomov mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash bo’yicha amalga oshiralayotgan ishlar, xususan, 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 5729-son Farmoni va 2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 62-son qarorining ahamiyati haqida ma’ruza qildi.

 

Yig’ilish so’ngida O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Nafs bandalari” va “Burchga xiyonat” kabi hujjatli filmlar namoyish etildi.  


IMG-9494


IMG-9513


IMG-9504


IMG-9505

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.