+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

2020-yilning 10-yanvar sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2016-yil 14-sentabrda O’zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid Davlat siyosati to’g’risidagi qonuni qabul qilingani, mazkur Qonun ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlar ishlab chiqilgani, shuningdek, 2019-yil 27-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan uchrashuvdagi belgilangan topshiriq va takliflari ijrosi yuzasidan “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil qilindi.

 

Uchrashuvda Urganch shahar hokimi Shuxrat Abdullayev so’zga chiqib, Respublikamiz aholisining yosh jihatdan tarkibiy asosiy qismini yoshlar tashkil etib, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari, “Yoshlar-kelajagimiz” dasturining qabul qilinishi va ijroga yo’naltirilishi kabi masalalar hamda Urganch shahrida 2020-yilda amalga oshiriladigan ishlar yoshlar uchun sport inshoatlari barpo qilinishi, imtiyozli kreditlar ajratish uchun bank resurslarini ko’paytirish va yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvatlashi to’g’risida aytib o’tdi.


photo-2020-01-11-10-40-03


photo-2020-01-11-10-40-11

Mazkuz uchrashuvda filialning faol va iqtidorli talabalaridan “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Ismoilova Ozoda, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibi Musayeva Amina, Akbarxon Abdazxo’jayev nomidagi ta’lim granti g’olibi Yusupov Bilol, Karate-do bo’yicha bir qator musobaqalar sovrindori Rashidov Ozod, filialda tasviriy san’at borasidagi ko’plab ijodiy ishlari bilan tanilgan, noyob iqtidor egasi Jennet Annabayevalar ishtirok etishdi.

 

Shahar hokimi bilan muloqot jarayonida bir qator faol yoshlar o’z taklif va murojatlarini bildirdilar. Jumladan, Urganch shahar 13-son maktabi 11-sinf o’quvchisi Qo’ziyeva Zulayxo yosh ijodkorlarni ijod namunalarini gazeta va jurnallarda chop etishda amaliy yordam berish xususida, UrDU “Tarix” fakulteti talabasi Atabayev Mirkamol oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Hokim stipediyasini joriy etish to’g’risida, Urganch shahar 1-son maktab o’quvchisi Madaminov Kamolbek davlat arboblari va ijodkorlar bilan har oyda uchrashuvlar tashkil etish bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bayon etib o’tishdi. Ushbu taklif va murojatlarning barchasi hokim tomonidan ma’qullandi.


photo-2020-01-11-10-40-14


photo-2020-01-11-10-40-17

“Hokim va yoshlar” uchrashuvi davomida yosh tadbirkorlar tomonidan ko’rgazmalar tashkil etilib, shu qatorda Aholi bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi, kitobxonlik burchaklari hamda bitiruvchi yoshlar uchun maslahat Kengashlari tashkil etildi.

 

Endilikda “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari har haftada tashkil qilinib, har oyda 2 marotaba hokimlar alohida bir kunni yoshlar muammolarini yechishga qaratadilar. Yoshlar siyosatini amalga oshirish yangi bosqichga ko’tarilishi ko’zda tutilmoqda.


photo-2020-01-11-10-40-20


photo-2020-01-11-10-40-24


photo-2020-01-11-10-40-27


photo-2020-01-11-10-40-33

Manba: Urganch shahar hokimligi axborot xizmati

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.