+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda “Missionerlik va prozeletizm – ma’naviy xavfsizligimizga tahdid” mavzusida tadbir o’tkazildi

2020-yilning 9-yanvar sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Urganch shahar 1-son IIB XPG xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori, mayor Sh.A. Botirova, Urganch shahar bo’yicha IIOFMB 1-son IIB XPB TP profilaktika inspektori A.A. Ibragimovlar ishtirokida “Missionerlik va prozeletizm – ma’naviy xavfsizligimizga tahdid”mavzusida tadbir tashkil etildi.

 

Mazkur tadbirni o’tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni ogohlikka chaqirish, shuningdek, diniy ekstremizm va terrorizm, “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari va ko’rinishlaridan saqlash, hamda ushbu illatlarning yoshlar ma’naviy hayoti va tarbiyasiga ta’siri, jamiyat ijtimoiy barqarorligiga tahdidi ekanligini anglatishdan iboratdir.

 

Urganch shahar bo’yicha IIOFMB 1-son IIB XPB TP profilaktika inspektori A.A. Ibragimov o’z nutqida missionerlik va prozelitizm tushunchasi, kelib chiqishi, missionerlik harakatlarining huquqiy oqibatlarini aniq faktlar orqali tushuntirib, yoshlar o’zlari boshqa tengdoshlariga bu yo’lning ijtimoiy havfliligini uqtirish orqaligina bunday illatlardan himoyalana olishi mumkinligini bildirib o’tdi.

 

Uchrashuvda talabalar radikalizm, missionerlik va prozelitizmning diniy, ijtimoiy, huquqiy masalalariga oid muhim tushunchalar, uning salbiy oqibatlari haqida tegishli xulosalar chiqardilar.

 

Tadbir so’ngida, mavzuning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi “E’tiqod dallollari” nomli videofilm namoyish etildi.


IMG-8813


IMG-8815


IMG-8821


IMG-8828

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.