+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda har bir fakultet uchun alohida sport klublari tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 542-sonli qaroriga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2018-yilning 13-iyul sanasida “Shifokor” sport klubi tashkil etildi. Sport klubining asosiy vazifasi etib, sport turlari bo’yicha haftasiga kamida 6 soat darsdan tashqari sport to’garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish belgilangan.

 

2019-yilning 9-dekabr sanasida filial sport klubining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga, sport klublari faoliyati va sport musobaqalarini o’tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o’zgartirish va qo’shimcha kiritish to’g’risida”gi 898-sonli qaroriga asosan har bir fakultet uchun alohida tashkil etilgan sport klubining boshlang’ich tashkiloti orqali davom ettirilishi  to’g’risida qaror qabul qilindi.

 

2018-yil yanvar oyidan 2019-yil dekabr oyiga qadar mazkur sport klubi tashabbuskorligi ostida viloyat bo’yicha o’tkazilgan 4 ta yugurish estafedalari, 3 ta spartakiada musobaqalarining hududiy bosqichlarida filial professor-o’qituvchilari, ishchi-xodimlar va talabalar faol ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Bundan tashqari, sport musobaqalarining voleybol, basketbol, fudbol, stol tennis, shaxmat va shashka hamda milliy kurash turlari bo’yicha bir qator filial direktor ochiq chempionatlari o’tkazilib kelinmoqda. Umumiy qilib aytganda, 2018-2019 o’quv yili davomida 60 ga yaqin sport musobaqalari qizg’in tarzda olib borildi.


photo-2019-11-07-07-41-25


photo-2019-11-07-07-40-37

 

Hozirda mazkur sport klubida 1000 dan ziyod a’zo mavjud.

 

Sport klubiga a’zo bo’lish ixtiyoriy bo’lib, a’zolik badali bakalavr bosqichi talabalari, magistratura va klinik-ordinatura bosqichida tahsil olayotgan mutaxassislar uchun yiliga minimal ish haqining 10% ini, shuningdek, professor-o’qituvchilar va ishchi-hodimlar uchun yiliga minimal ish haqining 20% ini tashkil etadi.

 

Sport klubining tasdiqlangan nizomiga ko’ra jami badal pulining 40% i “O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasi”ning hisob raqamiga o’tkaziladi va qolgan qismi filial sport klubini rivojlantirishga yo’naltiriladi.


photo-2019-10-22-10-26-08


photo-2019-12-12-12-53-39


photo-2019-10-18-09-49-02


photo-2019-04-10-13-10-57

TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.