+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Privoljsk tekshirish tibbiyot universiteti hamda TTA Urganch filialining Nijniy Novgorod 3+3 formatdagi qo’shma dasturi talabalari bilan video muloqot

2019-yilning 8-oktabr sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Rossiya Federatsiyasining Privoljsk (Приволжск) tekshirish tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Davolash ishi yo’nalishi bo’yicha 3+3 formatdagi qo’shma dasturi asosida ta’lim olayotgan talabalar hamda ular bilan dasr mashg’ulotlarini olib boruvchi  filial professor-o’qituvchilari ishtirokida Privoljsk tekshirish tibbiyot universitetida qo’shma dastur loyihasi uchun mas’ul etib belgilangan professor-o’qituvchilar bilan video muloqot o’tkazildi.

 

     Video muloqot davomida Privoljsk tekshirish tibbiyot universitetining o’quv ishlari bo’yicha rektor o’rinbosari t.f.d., professor Yelena Bogomolova tomonidan talabalar bilan hamkorlikda ish olib boruvchi professor-o’qituvchilar hamda 3+3 formatdagi qo’shma dasturi asosida olib boriladigan o’quv jarayoni yo’l haritasi tanishtirib o’tildi.

 

     Shuningdek, talaba-yoshlarga Privoljsk tekshirish tibbiyot universitetining rasmiy veb saytidan maxsus parollar orqali o’quv-uslubiy qo’llanmalar, darsliklar va onlayn ma’ruzlarni yuklab olish hamda foydalanish huquqi berildi.

 

     Bundan tashqari, ixtiyoriy ravishda talabalar yozgi amaliyotini Nijniy Novgorodda o’tash imkoniyatiga ega ekanliklari xususida ma’lumot berildi.




TTA Urganch filiali matbuot xizmati

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.