Filial Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetkchiligiga nomzodlar o’z saylov oldi dasturlarini yoritishdi

Joriy yilning 5-oktabr sanasida TTA Urganch filiali bosh binosi majlislar zalida Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchiligiga nomzodlar o‘z saylov oldi dasturlarini yoritishdi.

 

Filial direktori R.Yu. Ruzibayev nomzodlarni tanishtirish bilan saylov oldi dasturini ochib berdi va Yetakchi saylovi talabalar hamda yosh professor-o‘qituvchilar uchun o‘ziga xos kichik demokratiya maktabi vazifasini o‘tashi shubhasizligi, shuningdek, barcha nomzodlarni O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi hamda viloyat Kengashining suhbatidan o’tib qaytishganligi xususida to’xtalib o’tdi.

 

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchiligiga quyidagilar o’z nomzodligini qo’yishdi:

 

 

Bugungi shiddat bilan o’zgarayotgan davr har birimizdan jamiyatda munosib o’rin topish, oldimizga qo’yilayotgan vazifalarni hal etishda fidoyilik ko’rsatishni taqozo etmoqda. Shunday ekan, munosib nomzodga ovoz berish uchun saylovda ishtirok eting!



TTA Urganch filiali matbuot xizmati