"Ogohlik – davr talabi" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbir

2019-yilning 3-oktabr sanasida TTA Urganch filialida shahar hududlarida xususiy xonadonlarda ijarada istiqomat qilayotgan talabalar ishtirokida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

 

Tadbirda filial Ma’naviyat-ma’rifat va yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i E.N.Alimov, Xorazm viloyat IIB boshlig’ining maslahatchisi R.R.Ro’zimov, Xorazm viloyat IIB huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi boshlig’i S.Q.Raximov,  Xorazm viloyat IIB terorizmga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i M.K. Bozorovlar o’z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.

 

Talaba-yoshlarga o’zlarining yashash joylaridan olisda xususiy xonadonlarda ijarada turishi, turli toifadagi fuqarolar uyida nazoratsiz holda yashashi, zarur shart-sharoitlar va xavfsizlik talablarga javob bermaydigan uylarda istiqomat qilishi turli ijtimoiy-maishiy xavf-hatarlarni yuzaga keltirishi xususida tushunchalar berildi.

 

Tadbirda terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro huquqiy asoslari, bu borada hamkorlikni ta’minlash va sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga taalluqli masalalar ham muhokama etildi. Ayniqsa, yosh avlodning terrorizm va tajovuzkor ekstremizm ta’siriga tushib qolishiga yo’l qo’ymaslik, ularni internet orqali targ’ib qilinayotgan turli g’oyaviy va axborot xurujlaridan himoya qilish bo’yicha fikr almashildi.





TTA Urganch filiali matbuot xizmati