Filial direktori talabalar bilan navbatdagi oktabr oyi uchrashuvini o’tkazdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori Rashid Ruzibayev har oyda bir marotaba talaba-yoshlar bilan uchrashib ochiq muloqot o’tkazadi. Kuni kecha 2-oktabr sanasida filialimizda barcha 1-kurs talabalari bilan navbatdagi oktabr oyi uchrashuvi bo’lib o’tdi.

 

Urchrashuvda to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilganligi, shuningdek, bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining mohiyati xususida to’xtalib o’tildi.

 

- Ta’lim dargohimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlar, tarbiya jarayonlari, talabalar bo’sh vaqtini samarali o’tkazish, ularni jismoniy tarbiya va sport, zamonaviy axborot texnologiyalarini o’zlashtirish borasida bir qator tashabbuslar ilgari surilib, ko’plab  o’quv-uslubiy dasturlar amalga oshirilinib kelinmoqda. Bunga yaqqol misol tariqasida joriy yilning 16-oktabr kuni filialimizning “Akademiya” jamoasi Toshkent shahar Turkiston saroyida bo’lib o’tadigan “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik tanlovining chorak finalida ishtirok etayotganini aytish mumkin, - dedi filial direktori Rashid Ruzibayev.

 

Ushbu ko’rik tanlovda filialimiz jamoasini qo’llab-quvvatlash maqsadida “fan club” tashkil etilishi hamda xohlovchi professor-o’qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar qatnashishlari mumkinligi ma’lum qilindi.




TTA Urganch filiali axborot xizmati