+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Litsey o’quvchilari bilan uchrashuv

     Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali qoshidaki Akademik litseyga 2019/2020 o’quv yili uchun 436 nafar talaba hujjat topshirdi. Shular orasidan 156 nafar yoshlar Akademik litseyning talabasi bo’lish baxtiga erishdilar.

 

     2019-yilning 29-iyul sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida filial direktori R.Yu.Ruzibayev, filial Jamoatchilik Kengashi raisi I.Q.Abdullayev hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali qoshidagi Akademik litsey direktori I.B.Atamuratovlar ishtirokida litseyning o’quvchi-yoshlari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o’tkazildi.

 

     Unda Akademik litseyidagi ta’lim jarayonining tartib-intizomi, talabalarning burch va majburiyatlari tushuntirib o’tildi.

 

     Shuningdek, uchrashuvda o’quvchi-yoshlar gardanidagi mas'uliyatning qanchalik ulkanligi, ularni namoyish qiladigan ko'rsatkichlari nafaqat o'zlarining kelajagi balki, litsey mavqei uchun ham qanchalik ahamiyatliligi, ularni mukammal bilim olishlari uchun litsey tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotganligi, ulardan esa faqat astoidil mehnat qilib litsey jamoasi va ota-onasini yuzini yorug' qilish vazifasi kutilayotganligi ta'kidlab o'tildi.




TTA Urganch filiali

matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.