+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2019-yilning 15-iyun sanasidan 2019-2020 o’quv yili uchun qabul komissiyasi o’z faoliyatini boshladi. Ushbu o’quv yilida filialga bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha  “Davolash ishi”,  “Pediatriya”,  “Tibbiy profilaktika ishi”,  “Oliy xamshiralik ishi” hamda yangi joriy qilingan  “Stomatologiya” yo’nalishlariga abiturientlardan hujjat qabul qilish ishlari boshlab yuborildi.

 

Yangi o’quv yilida 1-kursga jami 250 talaba qabul qilish rejalashtirilgan.

 

Filial hududida qabul komissiyasiga olib boradigan yo’llarni ko’rsatuvchi ko’rsatkichlar o’rnatilib, mavjud yo’nalishlar bo’yicha axborot beruvchi bannerlar joylashtirilgan. Abiturientlarga maslahat beruvchi aloqa markazi (“Call center”)  maslahatchi operatori axborot xodimlari uchun 5 ta kompyuter jamlanmasi, abiturientlarni ma’lumotlar bazasiga kirituvchi va chek chiqaruvchi operatorlar uchun 10 ta kompyuter jamlanmasi internet tarmog’iga ulangan holda tayyor holatga keltirilgan.

 

Bundan tashqari, to’lovni to’lashda qulaylik bo’lishi uchun Xalq banki tamonidan sayyor kassa tashkil qilingan. Abiturientlar va ularning ota-onalari uchun salqin o’tirish joylari, qulay sharoitlar yaratilgan. Hozirgi davrga qadar 204 ta o’zbekistonlik va 13 ta turkmanistonlik abiturientlar murojatiga asosan ularning xujjatlari Davlat test markazi ma’lumotlar bazasiga kiritildi.


Qabul jarayoni bilan bo’g’liq qo’shimcha ma’lumotlar yuzasida bevosita Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining quyidagi keltirilgan manziliga murojaat qilishingiz mumkin: Elektron manzil: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Hamda ushbu manzillar orqali Qabul jarayonini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’lasiz: Filial rasmiy sayti: www.urgfiltma.uz yoki telegram kanali: https://t.me/httpTTAUftalabalari

 

Aloqa markaz (“Call center”) telefon raqamlari:

(78) 770-46-69

(78) 770-46-70

(78) 770-46-79

(78)770-46-86

(78)770-46-88

TTA Urganch filiali

matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.