+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialining bitiruvchilari shifokorlikka qasamyod qabul qildi

2019-yilning 24-iyun kuni TTA Urganch filialining bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 156 nafar bitiruvchilari (shundan, Davolash yo‘nalishidan - 79 nafar, Pediatriya yo‘nalishidan - 59 nafar, Tibbiy pedagogika yo‘nalishidan - 18 nafar) “Shifokorlikka qasamyod”ni qabul qilib, shifokor degan nomga sazovor bo‘ldi. 

 

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasining professor-o‘qituvchilari, bitiruvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

 

Tadbirda shifokor xalq ishonchi, mehri va hurmatini faqat fidokorona mehnat, qat’iy intizom, kasbga bo‘lgan yuksak mas’uliyat bilan qozonishi mumkinligi ta’kidlandi.

 

– Shifokorlar  uchun yaratilayotgan ko’plab imkoniyatlar, yurtimizda inson salomatligini asrashga bo‘lgan e’tibor va cheksiz g‘amxo‘rlik oq xalatli xaloskorlarni hamisha fidoyilikka undayveradi, – deydi Shohrux Ro’zmatov. Men ham aynan shunday fidoiy shifokorlar safini to’ldirishga va’da beraman.

  

Filial jamoasi ham fursatdan foydalanib, “Shifokorlikka qasamyod” qilgan bitiruvchilariga xalq salomatligi yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli ishlarida omad hamda zafarlar tilab qoladi. Zero, Vatanimizning porloq kelajagi  iste’dodli va izlanuvchan  yoshlar bilan!







 

TTA Urganch filiali

matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.