+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O`zbekistonda Aleksandr Sergeyevich Pushkinning yubileyi nishonlanmoqda

      2019-yilning 31-may sanasidan 6-iyun sanasigacha Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Tillar” kafedrasining katta o`qituvchisi A.Sh. Atadjanova rahbarligida “Aleksandr Sergeyevich Pushkin darsi” shiori ostida buyuk shoir tavalludining 220 yilligiga bag`ishlangan haftalik bo`lib o`tdi.

           

     Pushkinning dunyoqarashi haqiqatan ham xalqaro xarakterga ega va aynan shu shoir ijodini yuksak darajalarga ko`targan desak mubolag`a bo`lmaydi, - deya ta`kidladilar Davolash fakultetining O`zbekistonlik hamda Turkmanistonlik talabalari.

              

     Dars jarayonida talabalar Pushkinning hayoti va ijodi haqida prezentatsiyalar, devoriy gazetalar, fotosuratlar, videolar tayyorlab, uning ijodi namunalaridan  she’rlar o`qib berdilar. Shuningdek, Pushkin davrining yorqin rang-barang kostyumlarida ular buyuk rus shoiri asarlari orqali ertak dunyosining atmosferasini qayta yaratdilar.

           

     “Pushkin darsi” haftaligi davomida talabalar Rossiya, Turkmaniston va O`zbekiston o`rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash uchun bunday tadbirlarning ahamiyati katta ekanligini chuqur anglab yetdilar.

        

     Haftalik davomida faol ishtirok etgan Pushkin ijodining bilimdon talabalariga  faxriy yorliqlar topshirildi.






Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.