+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filialida navbatdagi 11-sonli Filial Kengash majlisi bo`lib o`tdi

TTA Urganch filialida 2019-yilning 31-may sanasida navbatdagi 11-sonli Filial Kengash majlisi bo`lib o`tdi.

 

Filial Kengashi kun tartibida Qirg`iziston Respublikasiga xizmat safari yuzasidan – “Jamoat  salomatligi va umumiy gigiyena” kafedrasi professori, t.f.d.B.A.Duschanov,  “Filialda Yakuniy Davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik” to`g`risida – Davolash fakulteti dekani O.O. Masharipov hamda Pediatriya fakulteti dekani v.b Sh.A. Sapaeva, “Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2019-yilning 20-may sanasida o`tkazilgan “Metobolik sindrom – muammolar, yechimlar” ilmiy-amaliy anjumani” haqida – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha direktor o`rinbosari R.B. Abdullayev, “Filial kafedralarida ochiq amaliy mashg`ulotlar, ochiq ma’ruzalar, muammoli ma’ruzalar, integral ma’ruzalar olib borilishi” xususida – O`quv uslubiy bo`lim boshlig`i R.X. Karimov, “Gospital va poliklinik pediatriya kafedrasi professor-o`qituvchilarining faoliyati” bo`yicha – “Gospital va poliklinik pediatriya” kaderasi mudiri M.R. Xudayberganov axborotlari va ma’lumotlari hamda turli masalalar ko`rib chiqildi.

 

Bundan tashqari, “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2019-yilgi mavsum hududiy saralash bosqichida 1-o`ringa loyiq deb topilgan filialimizning “AKADEMIYA” jamoasi talabalari, “Tafakkur sinovlari” ko`rik tanlovida 2-o`rinni egallagan “AVITSENNA” jamoasi ishtirokchilari hamda Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o`rtasida o`tkazilgan “Talabalar teatr studiyalari” festivalining mintaqaviy bosqichida “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasi bilan g`oliblikni qo`lga kiritgan filialimizning “KO`ZMUNCHOQ” teatr studiyasi talabalari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

 

Shuningdek, yuqorida aytib o`tilgan tanlov va festivallarda faol ishtirok etgan barchaning ota-onasiga chuqur minnatdirlik izhori sifatida tashakkurnomalar topshirilib, talabalarga qo`shimcha stipendiya miqdoridagi pul mablag`lari tuhfa qilindi.

 

Filialning Ichki nazorat va monitoring bo`limi bo`shlig`i A.Q.Xudayberganova 55 yoshga to`lganligi munosabati bilan Kengash raisi va uning a`zolari tomonidan samimiy muborakbod etilib, estalik sovg`alari topshirildi.












TTA Urganch filiali

matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.