+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Innowomenweek” xotin-qizlar innovatsiya haftaligiga start berildi

     Xorazm viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi va qo’mita qoshidagi Ixtirochi ayollari markazi tomonidan UrDU, TTA Uf va TATU Uf bilan hamkorlikda joriy yilning 27-may sanasidan 1-iyun sanasigacha viloyatimiz xotin-qizlarining innovatsion g’oyalari, loyiha va ishlanmalarini tadbiq etishda har tomonlama qo’llab-quvvatlash,  tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intellektual mulk ob’ektlarini  huquqiy muhofaza qilishlariga ko’maklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondashuvni joriy qilish maqsadida “INNOWOMENWEEK” xotin-qizlarning innovatsiya haftaligi o’tkazilmoqda.

 

     2019-yilning 27-may sanasida Toshkent tibiyyot akademiya Urganch filialida “MEDICALWOMENUZ” forumi tashkil qilindi.

 

     Forumda xotin-qizlarning tibbiyot sohasidagi erishayotgan yutuqlarini tahlil qilish, sohadagi yangiliklar, innovatsion texnika va texnologiyalardan xabardorligini oshirish bo’yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

 

     Shuningdek, filial mustaqil izlanuvchilarining ilmiy mavzulari bo’yicha ma’ruzalari tinglandi hamda tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarning yangi mahsulotlari va ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining taqdimotlari ham bo’lib o’tdi. 

 

     Mazkur forumda filialning professor-o’qituvchilari, talabalari hamda tibbiyot muassasalari xodimlari ishtirok etib, sohaga doir eng so’nggi yangiliklar bilan tanishishdi.






TTA Urganch filiali

matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.