+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

G`oliblik muborak “Ko`zmunchoq”!

     O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi hamda Xorazm viloyat musiqali drama teatri bilan hamkorlikda 2019-yilning 24-may sanasida Xorazm viloyat musiqali drama teatrida Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o`rtasida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining mintaqaviy bosqichi o`tkazildi.

    

     Festivalda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining “Ko`zmunchoq” talabalar teatr jamoasi “Eski shahar govrashlari”, Toshkent Pediatriya instituti Nukus filialining “Gigeya” talabalar teatr jamoasi “O`yin” va Navoiy davlat pedogogika institutining “Navoiy” talabalar teatr jamoasi “Tong otgan taraflar” nomli spektakl  namoyishlari bilan ishtirok etishdi.



      Respublikamizda taniqli bo`lgan Xorazm viloyat musiqali drama teatrining aktrisasi, O`zbekiston xalq artisti Gulora Raximova, taniqli yozuvchi, dramaturg, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Qurbon Muhammad Rizo, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, Xorazm viloyat musiqali drama teatri aktyori, rejissor Xojiboy Ortiqov, Filologiya fanlari nomzodi Xorazm viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi yetakchi mutaxasisi, shoir va yozuvchi Madina Matyoqubova, Urganch shahar ixtisoslashtirilgan san’at maktabi “teatr va aktyorlik” fan o`qituvchisi, rejissor Usmon Qalandarov, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi raisi o`rinbosari Mardonbek Rahmonov hamda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqolpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri bosh rejissori Izramurat Aybatovlardan iborat Hakamlar hay’ati esa Talabalar teatr studiyalari tomonidan  tanlangan asarlarning badiiy-g`oyaviy talqini va yechimi, sahna bezagi, musiqiy ifodasi, havaskor ijrochi aktyorlarning mahorat darajalarini odilona baholashdi.

 

     Bir-biridan qiziqarli va jonli ijro etilgan spektakllar mazmun-mohiyati va mohirona ijrosiga ko`ra “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasini TTA Urganch filialining “Ko`zmunchoq” talabalar teatr studiyasi jamoasi  festival g`olibi deb topildi hamda festivalning Respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

 

     Shuningdek, festival doirasida “Dolzarb mavzuning talqini uchun”, “Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun”,  “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyalari bo`yicha g`oliblar aniqlanib, g`oliblarga O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashining diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.

      

     Bunday festivallarning o`tkazilishi o`z navbatida talabalarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta`minlash, yuksak ma`naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o`zlashtirgan har tomondan sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, shuningdek, ularni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalashga yetaklaydi.









TTA Urganch filiali

matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.