+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda Karate-kempo bo`yicha master-klass o`tkazildi

     2019-yilning 4-may sanasida TTA Urganch filiali “Jamoat salomatligi va umumiy gigiena” kefedrasining  jismoniy madaniyat va sport fani o’qituvchilari B.B.Abdalov, M.P.Raximova tashabbusi bilan filialning Pediatriya fakulteti 4- bosqich talabasi, 2017-2019 yillar davomida sportning Karate-kempo turidan bir necha bor O`zbekiston chempionatlari g`olibi va sovrindori, 2019-yil 27-29 yanvar kunlari Qarshi shahrida o’tkazilgan Karate-kempo bo`yicha  I Osiyo chempionatining “Bronza” medali sohibi Ozod Rashidov ishtirokida Davolash fakultetining 102 – 108 A, B guruh talabalari bilan “Master-klass” o`tkazildi.

 

     Master-klass davomida Ozod Rashidov talabalarga Karate-kempo sport turining paydo bo`lish tarixi, ushbu sport turi bilan shug`ullanish jarayonidagi o`zining ko`p yillik ko`nikmalari xususida gapirib, bir nechta Karate-kempo sport usullarini amalda ko`rsatib, tushintirib berdi.

 

     Shuningdek, Ozod Rashidov har qanday muvaffaqiyatning kaliti tinimsiz mehnat, intilish va intizom ekanligini ta’kidlab o`tdi.

 

     Talabalarda ushbu uchrashuv katta taasurot qoldirdi.






 

TTA Urganch filiali

 matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.