+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Filialda Prezidentning 5ta muhim tashabbusini qo’llab-quvvatlash doirasida tadbir o`tkazildi

     2019-yilning 7-may sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy etilgan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo`yicha 5ta muhim tashabbus”ni qo’llab-quvvatlash doirasida Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, huquqshunoslik fanlari doktori, professor A.X.Saidov hamda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filiali rektori, akademik K.X.Abduraxmonov tashrif buyurdilar.          

 

     Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi raisi Y.Ollamov, Yoshlar  siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha Xorazm viloyat hokimi o`rinbosari S.K.Salayev,  Xorazm viloyat xokimi o`rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo`mitasi raisiG.A.Qurbanboyeva, Xorazm viloyat hokimligi Matbuot va axborot Boshqarmasi boshlig`i D.Z.Bekchanova shuningdek, Urganch davlat universiteti rektori B.I.Abdullayev hamda universitetning bir guruh professor-o`qituchilari, TTA Urganch filiali direktori R.Yu.Ruzibayev, filial professor-o`qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

 

     Tadbirda yoshlarga bo`lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o`rtasida kitobxonlikni targ`ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg`u berildi.

 

     Bundan tashqari, filial kutubxonasiga o`zbek, rus va ingliz tillarida  37 nusxadagi ijtimoiy siyosiy adabiyotlar, o’quv darsliklar va badiiy kitoblar janlanmasi taqdim qilindi.

 

     G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filiali rektori, akademik K.X.Abduraxmonov filial direktori R.Yu.Ruzibayevga  ikki universitet o`rtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o`quv dasturlarini yanada rivojlantirish hamda kelgusida talabalar almashish loyihasi va pedagog xodimlar malakasini oshirish bo`yicha kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahar filialining faxriy unvonini taqdim etdi.







TTA Urganch filiali

matbuot kotibi S.R.Sotimboyeva

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.