Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

TTA Urganch filiali jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok qilmoqda

 

   Azaldan xalqimizda hashar yo‘li bilan uylar, yo‘llar qurishga yordam berib kelingan, mahallalar obodonlashtirilgan, muhtojlarga ko‘mak berilgan.

   Hashar doirasida ko‘chalar, ko‘p qavatli uy va xonadonlar, saylgohlar, ziyoratgohlar, bolalar maydonchalari, muassasa va tashkilotlar xududlari, yo‘llar, ariqlarni tozalash va obodonlashtirish ishlari olib boriladi.

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan 2018 yil avgust oyi mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilindi va 18-19 avgust kunlari O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi e’lon qilindi.

   Mustaqilligimizning 27 yilligi va Qurbon Hayiti bayramlari arafasida barcha yurtdoshlarimiz qatorida TTA Urganch  filiali jamoasi ham ushbu hasharda faol ishtirok qilish maqsadida bel bog‘lashib, filial xududida va “Avesto” bog‘-majmuasida obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborishdi.

   Ushbu hasharda filial xududidagi ariqlar, ko‘cha va yo‘laklarni tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va butash  ishlari amalga   oshirilib, Qurbon Hayiti      
bayrami arafasida esa ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish rejalashtirildi.  

 

 Filial ma’muriyati

 

Viloyat hokimligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Har bir jabhada bo‘lgani kabi mamlakatimizda tibbiyot sohasida ham kundan-kunga yangilanish va o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

2018 yil 15 avgustda Xorazm viloyati hokimligi binosida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada viloyat hokimligi vakillari, viloyatdagi turli soha tashkilot va muassasalari ish beruvchilari, klinik ordinatoralar hamda turli yoshdagi mehnatga jalb qilinmagan fuqarolar ishtirok qilishdi.

 

Ushbu yarmarkada TTA Urganch filialining Ilmiy tadqiqotlar va IPKTB bo‘limi boshlig‘i N.M.Xadjieva filialining birinchi bosqichini tamomlagan klinik ordinatorlari bilan ishtirok qilib, ularni turli tibbiyot muassasalaridan taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirdi hamda viloyatdagi tibbiyot muassasalarining bosh shifokorlariga tegishli mutaxassislarni tavsiya qildi.

Mehnat yarmarkasida bir qancha klinik ordinatorlarga mutaxassisiliklari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari tavsiya qilinib, arizalari qabul qilindi.

Shuningdek, bo‘lib o‘tgan mehnat yarmarkasida filialimizdagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan xodimlar bo‘limi boshlig‘i B.Y.Axmedov va matketing bo’limi xodimlari ham qatnashdi.

Zamon bilan hamnafas bo‘lish, kasbiy mahoratni oshirib borish, ayniqsa, yosh shifokorlar uchun nihoyatda muhim. Bu borada mahorat va tajribalarni oshirish, tibbiyot sohasida yangidan yangi izlanish va tadqiqotlarni  amalga oshirishlarida salomatlik posbonlari bo‘lmish yosh shifokorlarga ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

 

Ilmiy tadqiqotlar va IPKTB bo‘limi

Download Template Joomla 3.0 free theme.

BIZNING MANZIL

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 220100,

O'zbekiston, Urganch Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel: +99862 224 84 84, Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Ishonch telefoni

Тel: +99(862) 224 83 82 

Har kuni soat 9:00 - 13:00 va 14:00 - 17:00

Shanba kuni soat 9:00 - 13:00  gacha murojaat qilish mumkin.

Copyright © 2016 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.