+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

“Yoshlar innovatsion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi AXBOROT XATI

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirish borasidagi vazifalari ijrosini amalga oshirish maqsadida 2019-yil aprel oyining uchinchi o‘n kunligida “Yoshlar innovatsion faolligini oshirishning dolzarb vazifalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil etadi.

Konferensiyaning maqsadi:

Yoshlarni jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi rolini kuchaytirish, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishga qaratilgan qonun va qonunosti hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va rag‘batlantirish kabi ustuvor vazifalarini amalga oshirish hamda mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqot ishlarini faollashtirish, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

Konferensiya sho‘balari:

1-sho‘ba: Yoshlarning innovatsion faolligini oshirishda davlat siyosati.

2-sho‘ba: Yoshlar innovatsion faolligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari: milliy va xorijiy tajriba.

3-sho‘ba: Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishda yoshlarning ishtiroki.

4-sho‘ba: Yoshlarning ilm-fan, texnika va texnologiya sohasidagi innovatsion g‘oyalari va tajribalari.

5-sho‘ba: Madaniyat va turizm sohasida innovatsion faoliyatni tashkil etish.

Konferensiya ishtirokchilari va unda qatnashish shartlari:

Konferensiyaga yosh olimlar, oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, talabalar taklif etiladilar.

Konferensiyaning asosiy tadbirlari:

- Ilmiy ma’ruzalarni muhokama etish bo‘yicha yalpi va sho‘ba yig‘ilishlari;

- Tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha eng yaxshi ilmiy ma’ruza (maqola) tanlovi.

Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy tezislarga talablar:

1. Tezislar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan xulosalar asosida shakllantirilgan amaliy takliflar hamda tavsiyalar bilan boyitilgan bo‘lishi lozim;

2. Ilmiy tezisda adabiyotlar va boshqa manbalardan foydalanilganda, ushbu manbalarga havola berilishi shart, keltirilgan manbalarning (havola) to‘liq tafsilotini berish zarur (internet manzil, statistika to‘plami yoki kitob, nashriyot nomi hamda yili, foydalanilgan bet hamda muallifi to‘liq);

3. Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy tezislar o‘zbek va rus  tillarida taqdim etilishi mumkin;

4. Ilmiy tezislar matnlari tahrir qilingan holda A-4 o‘lchovdagi qog‘ozga, yuqoridan va pastdan 2,0 sm., chapdan 3,0 sm.,  o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib, 1 nusxada rasmiylashtiriladi. Tezisning nomi, muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, tashkilot nomi va lavozimi, elektron manzili ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnni elektron nusxasi Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 3-5 betgacha hajmda bo‘lishi lozim.

Har bir ilmiy tezis uchta jihatni o‘zida aks ettirishi talab etiladi:

- Kirish (mavzuning dolzarbligi va mamlakatni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlarga mos kelishi);

- Asosiy qism (mavzuga doir ma’lumotlar bazasi va uning ilmiy tahlili);

- Xulosa (tugallangan xulosalar va shu asosida normativ-huquqiy hujjatlarga takliflar, amaliy tavsiyalar).

Konferensiyaga ilmiy tezislarni taqdim etish muddati:

Konferensiyada qatnashish istagini bildirganlar 2019-yil 25-martgacha belgilangan tartibda ilmiy tezislarni This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. elektron manziliga jo‘natishlari lozim. 

Konferensiyaga taqdim etiladigan ilmiy tezislar yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmaganda to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Eng yaxshi takliflar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining g‘oyaviy va mafkuraviy dasturi yo‘nalishlarini takomillashtirish uchun qabul qilinadi.

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Chilonzor ko‘chasi, 53-uy. telefon: (71) 239-11-09;  faks: (71) 277-14-94; elektron pochta   e-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.