+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Farmakalogiya, klinik farmakologiya va potologik fiziologiya

 Kafedramiz saytiga xush kelibsiz

Tel: +998 91 423 20 48

 E-mail:  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

“Farmakologiya, klinik farmakologiya va patologik fizilogiya kafedrasida quyidagi fanlardan nazariy va amaliy mashqulotlar olib boriladi: 

- Farmakologiya fani – 2-kurs davolash, pediatriya, kasb ta’limi, tibbiy profilaktika fakultetlari talabalariga.

- Farmakologiya fani – 3-kurs davolash va, pediatriya fakultetlari talabalariga.

- Patologik fiziologiya fani -2 -kurs  davolash, pediatriya, kasb ta’limi, tibbiy profilaktika fakultetlari talabalariga.

- Patologik fiziologiya fani – 3-kurs davolash va pediatriya fakultetlari talabalariga.

- Klinik farmakologiya fani- 2- kurs Oliy xamshiralik ishi bo’limi talabalariga.

- Klinik farmakologiya fani- 5- 6 kurs davolash,  tibbiy pedagogika va  pediatriya fakulteti talabalariga.

- Klinik farmakologiya fani- klinik ordinatura  2- kurs davolash,  tibbiy pedagogika  fakultetlari klinik ordinatorlariga.

- Patologik fiziologiya  fani- klimik ordinatura 1-kurs klinik ordinatorbra ordinatorlariga.

Xozirda kafedra xodimlari tomonidan 250 dan ortiq o'quv ishlari, tezis va maqolalar chop etilgan. 2009-2014 yillar davomida tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun 4 ta  o‘quv qo‘llanma,  2018 yilda 1 ta monografiya hamda  hammualliflikda  farmakologiya fanidan1 ta darslik  yaratilgan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

-“ Neyroleptiklar, trankvilizatorlar va antigistamin vositalarning ingichka ichak va me’da osti bezining gidrolitik fermentlari faolligiga ta’sirini normada va ayrim patologik holatlarda o’rganish”.

- “Yurak-qon tomir kasalliklari diagnostikasi va ularni davolashda effektiv metodlar hamda profilaktik usullarin ishlab chiqish”. 

- “Metobolitik sindromni asosiy kompanentlarining toifalariga bog’liq bo’lgan oxirgi nuqtalar shakllanishini solishtirma baholash”.

- “Xorazm viloyatida jigar tsirrozini davolashda qo’llanilgan gepatoprotektorlarning klinik-farmakologik tahlili”.

Kafedrada 1 nafar professor, 1 nafar tibiyot fanlari nomzodi, 3 nafar katta o’qituvchi va 5 nafar assistentlar faoliyat olib borishadi. Kafedrada farmakologiya, patologik fiziologiya va klinik farmakologiya  fanlari o’qitiladi.  Farmakologiya, klinik farmakologiya va patologik fiziologiya kafedrasida faoliyat olib borayotgan   fanlarning ayrimlari, ya’ni  klnik farmakologiya fani 5-6 kurs bakalavriat bosqichi hamda klinik ordinatura ordinatorlari uchun TTA Urganch filiali qoshidagi klinikada,  bakalavriat bosqichining 2-3 kurslari barcha yo’nalish talabalariga bosh binoning 6-qavatida joylashgan kafedraning o’quv xonalarida ma’ruza hamda amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi.

Kafedraning umumiy yer maydoni 523,05 m2  ni tashkil etadi. Kafedrada professor-o’qituvchilar shtat birligi 13  ni tashkil qiladi.

Kafedra faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri tarbiyaviy ishlar hamda guruh murabbiyligi  hisoblanadi. Kafedraning uch nafar o’qituvchisi guruh murabbiylaridir, bular katta o’qituvchilar Karimova.D.Sh, Bekchanova.Yu.H va assistant Allaberganov.M.Yu.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


         


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.