+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

O'quv-uslubiy ishlar

Fakultet va gospital terapiya kafedrasinig roli

Kafedrada talabalarni o’qitish, ichki a`zolar kasalliklariga to’g’ri tashxis qo’yish va davolash ko’nikmalarini o’rgatishga bag’ishlangan.

O’qish jarayonida talabalar:

  • ichki kasalliklarni etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi davolash bo’yicha bilim oladilar.
  • asosiy diagnostik mezonlarini aniqlash bilan bemorlarni sistemalar bo’yicha tekshirish, laborator va instrumental tekshirish usullarini taxlil qilish, klinik diagnozni asoslash, favqulodda va boshqa vaziyatlarda keng qamrovli davoni tavsiya qilish amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

Fakultativ va gospital terapiya kafedrasida oqitiladigan fanlarni o’rganish oldingi kurslarda o’tilgan quyidagi fanlarda olingan bilimlarga asoslanadi: Normal va patologik anatomiya, gistologiya, biologiya, normal va patologik fiziologiya, ichki kasalliklar propedevtikasi, farmakologiya, rentgenologiya va tibbiy radiologiya, fizioterapiya, endokrinologiya.

Fakultativ va gospital terapiyani o’qitishda quyidagi fanlar bilan integratsiyalanadi: Rentgenologiya, fakultet va gospital xirurgiya, tuberkulyoz, fizioterapiya, akusherstvo va ginekologiya, endokrinologiya, urologiya, bolalar kasalliklari, klinik farmakologiya, gematologiya.

Amaliy ko’nikma va dars mavzulari ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi va terapiya bo’yicha UASh kafedrasi bilan integratsiyalashgan.

Kafedrada amaliyot darslarida va 4-5-kurslarning yozgi malakaviy amaliyotini o`tish jarayonida talabalar zarur amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

Talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichlari o’qituvchilar tomonidan maxsus ishlangan reyting tizimi asosida qadamba-qadam baholab boriladi. Dars jarayonida “diskussiya”, “uch pog’onali intervyu”, “kuchsiz pog’ona”, “mushuk qopda”, “qaynoq kartoshka”, “aqliy hujum” kabi interaktiv o’qitish metodlaridan keng qo’llaniladi.

Talabalar bilimini baholash joriy nazorat,  oraliq nazorati (har ikkala semestrda og’zaki javob va OSKI stantsiyalarini kombinatsiyalash bilan) orqali o’tkaziladi. Talabalar bilimini mustahkamlash maqsadida kafedra xodimlari tomonidan tarqatma material sifatida beriladigan 4 ta OSKI mashqlar to’plami chop etilgan. Talabalar bilimining yakuniy nazorati kafedrada OSCKI va test markazida test topshirish bilan o’tkaziladi. Testlar blanki doimo to’ldirib turiladi, bu yilda yangi 3 darajali murakkablikdagi testlar tayyorlandi.

Dars jarayonida kafedrada mavjud kompyuterlarda amaliy mashg’ulot va talabalar mustaqil ishlari prezentatsiya shaklida o’tiladi.

TALABALAR MA’RUZA DARSIDA


TALABALAR AMALIYOT JARAYONIDA

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.