Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Mikrobiologiya kafedrasi
- Detallar
- 2039 marta ko'rildi:
Mikrobiologiya kafedrasi
Manzili: Urganch shaxar Al-Xorazmiy 28 uy, O’zbekiston ovozi 60 uy
Tel: (97) 456-28-99
Email: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
Mikrobiologiya kafedrasida quyidagi fanlardan nazariy va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi:
- Tibbiy biologiya va genetika fani - 1-kurs davolash, pediatriya, kasb ta’limi, tibbiy profilaktika, stomatologiya yo’nalishi, Kazan Federal Universiteti tibbiy biologiya fakulьteti, Nijnыy Novgorod Tibbiyot Universiteti Davolash fakulьteti talabalariga.
- Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani - 1-kurs Oliy xamshiralik ishi, 2 kurs davolash, kasbiy ta’lim, pediatriya va 2-3 kurs tibbiy profilaktika yo’nalishi talabalariga.
Xozirda kafedra xodimlari tomonidan 350 dan ortiq o’quv ishlari, tezis va maqolalar chop etilgan.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
Ekologik noqulay sharoitda odam patologik xolatining immunobiologik aspektlari, o’ziga xosligini o’rganish xamda infektsion ona-bola kasalliklari diagnostikasi, davosi va profilaktikasiga yangicha yondashish.
Kafedrada 4 nafar dotsent, 1 nafar katta o’qituvchi va 4 nafar assistentlar faoliyat olib borishadi. Kafedraning tibbiy biologiya va genetika fani asosiy binoning 4-qavatida, mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani Urganch shaxar Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazining bakteriologik laboratoriyasi xududida olib boriladi. Kafedraning umumiy yer maydoni 270 m2 ni tashkil etadi. Kafedrada professor - o’qituvchilar shtati 11,50 ni tashkil etadi.
Kafedra faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri tarbiyaviy ishlar xamda gurux murabbiyligi xisoblanadi.