+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Kafedra tarixi

BOLALAR JARROHLIGI, ANESTEZIOLOGIYA VA REANIMATOLOGIYA KAFEDRASI

1994 yilda tashkil qilingan

 

     I-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali direktori, t.f.d., professor R.D. Qurbanov-ning 1994 yil 10 fevral 17–sonli buyrug’iga asosan «Bolalar xirurgiyasi» kafedrasi Viloyat bolalar klinik shifoxonasi bazasida tashkil qilingan.

 

    Kafedraga 1994-1996 yillarda t.f.n., dotsent Utegenov Nurlepes, 1996-1998, 2011-2012 yillarda  t.f.n., dotsent Ollabergenov Odilbek Tajiddinovich, 1998-2011 yillarda t.f.n., dotsent Xudayberganov Rustam Tangriberganovichlar mudirlik qilganlar.

 

   2012 yil 3 sentyabrdan xozirgi kungacha t.f.d., dotsent Sapaev Otabek Qodirovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

 

   Kafedra 2011-2012 yillarda “Bolalar jarroxligi va onkologiya” kafedrasi bo’lib, 2013-2016 yillarda “Bolalar jarroxligi, anesteziologiya va reanimatologiya, stomatologiya” kafedrasi va 2017-2018 o’quv yilidan boshlab “Bolalar jarroxligi, anesteziologiya va reanimatologiya”  kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.


 


   Kafedra professor – o’qituvchilari “Bolalarda tug’ma va orttirilgan xirurgik kasalliklarni  tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash” yo’nalishida mavzusida ilmiy – tadqiqot ishlarini olib boradilar. Ushbu mavzu bo’yicha ikkita doktorlik, 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 200 dan ziyod ilmiy ishlar chop ettirilgan, shulardan 5 monografiya, 10 dan ortiq o’quv qo’llanmalarini, 60 dan ortiq  o’quv uslubiy ko’rsatmalar chop qilingan. Kafedra a’zolari respublika, shahar, tuman va filial tomonidan tashkil qilinadigan ommaviy, ma’naviy – ma’rifiy, jamoatchilik ishlarida faol qatnashib kelmoqdalar.

 

    Kafedrada hozirgi kunda jami 9 nafar professor – o’qituvchilar, shulardan 1 nafar fan doktori, 1 nafar PhD va 1 nafar fan nomzodlari faoliyat ko’rsatmoqda.

 

Kafedra mudirlari


Utegenov Nurlepes t.f.n., dotsent Toshkent Pediatriya tibbiyot institutidan taklif etilib, 1994 yil 1 apreldan “Bolalar xirurgiyasi” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan. 1994-96 yillarda kafedrada faoliyat yuritgan.


Ollabergenov Odilbek Tajiddinovich t.f.d., professor. 1996-1998 yillar, 2011-2012 yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Ollabergenov O.T. 1998 yildan  1-Toshkent DavTI Bolalar xirurgiyasi kafedrasiga maqsadli doktoranturaga yuborilib, 2003 yilda «Bolalarda ko’p sonli va asoratlangan exinokokkozni tashhislash va xirurgik davolash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.


Xudayberganov Rustam Tangriberganovich, t.f.n., dotsent. 1998-2011 yillarda Bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. 2001 yilda «Bolalarda uretraning postravmatik shikastlanishlarida qayta tiklash operatsiyalari» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.


Sapaev Otabek Qodirovich, t.f.d., dotsent. TTA Urganch filiali bitiruvchisi, 2002 yilda «Pieloureteral segment tug’ma obstruktsiyasida xirurgikdavolash uslubini tanlash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2009 yilda «Bolalarda tug’ma supravezikal obstruktsiyani xirurgik davolash» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2012 yil 3 sentyabrdan kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.