+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Nekrolog

DO’SCHANOV SHERZOD BAXTIYOROVICH

 

     21 may 2016 yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida uzoq yillar mobaynida dotsent lavozimida ishlagan, respublika olimlari tan olgan taniqli nevrolog, ulug’ ustoz Doschanov Sherzod Baxtiyorovich 41 yoshida vafot etdi.

 

    Sh.B.Do’schanov Urganch shahrida 20 aprel 1975 yilda ziyolilar oilasida tavallud topdi. 1991 yilda maktabni a’lo baholar bilan tugatib, I – Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filialiga o’qishga kirda. 1998 yil institutni tugat, 1998 -2000 yillarda  I – Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali Asab va ruhiy kasalliklar kafedrasida klinik ordinaturani o’tagan. 2000 yil I – Toshkent davlat tibbiyot instituti Urganch filiali aspiranturada ilmiy ishini boshladi. Shu yili Sh. Do’schanov Asab va ruhiy kasalliklar kafedrasida assistant lavozimida xormay-tolmay o’zining yuksak bilimini va tajribasini yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida amaliyotga qo’llay boshladi. 2003 yilda professor G.S.Rahimboeva rahbarligida «Клинико-патофизиологическое обоснование эффективности нейропротективной терапии острых ишемических инсультов» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shundang so’ng o’zing ilmiy ishini davom qildirib 2012 yil professor G.S.Rahimboeva rahbarligida «Влияние атромбатического процесса в патогенез острого ишемического инсульта» mazusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, tibbiyot fanlari doktori unvonini oldi.  2003-2016 yillarda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Asab va ruhiy kasalliklar kafedrasida dotsent lavozimida pedagogik, ilmiy va davolash ishlari bo’yicha o’z maxoratini ko’rsatdi.

 

  Ustoz Sherzod Do’schanovni katta anjumanlarda nevrologlar xaqida so’z ketganda ko’pchilik tibbiyot tizimi raxbarlari doimo iliq so’zlar bilan eslashadi.

 

  Sh.B. Do’schanov olijanob inson, billurdek tiniq qalb egasi, mexribon ustoz, taniqli nevropatolog sifatida olimlar axli va ko’p sonlik bemorlar qalbida hurmat qozondi. U bilimdon pedagog, o’ta talabchan, moxir Ustoz bo’lib, iqtidorli ma’ruzachi sifatida talabalarga nevrologiyaning murakkab muammolarini ustalik bilan o’rgatdi.

 

     Sh. B. Do’schanov ona-Vatan mexri, chin farzandlik burchini butun hayot yo’li davomida e’zozlab kelib, xalq salomatligi yo’lida umrining oxirigacha xizmat qildi.

 

     Bugungi kunda nevrologiya yo’nalishida xizmat qilayotgan olimlar va shifokorlar qalbida bu Buyuk insonga nisbatan hurmat va chuqur extirom mavjud. Chunki Sh.B. Do’schanov nafaqat ilmda, shuningdek xar bir nevrolog uchun juda zarur bo’lgan asab tizimi patologiyasining o’ziga xos murakkab bilimini, ayniqsa kasallik topik dignostikasini aniqlashda mohirlik bilan bilim va shifokorlik san’atini o’rgatganlar. Zukko, bilimdon, o’tkir so’zlik, yumorga moyillik, mexribonlik, qalbi keng, shirin so’z va o’z o’rnida otadek xar bir insonning boshini silaguvchi bu buyuk inson doimo qatorimizdadir.

 

    Sh.B. Do’schanovning bosib o’tgan namunali hayot yo’li, olijanob, jonkuyar matonatli insonligi, ko’rsatgan zo’r pedagogik mahorati, talabchan ustozligi, mohir shifokorligi, mehnatsevarligi uning shogirdlari qalbida bir umr mobaynida qoladi va unutilmaydi.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.