Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.
Tarbiyaviy ishlar
- Detallar
- 1692 marta ko'rildi:
Talabalarni kasbga tayyorlash nafaqat tibbiy bilimlarni, malaka va ko’nikmalarni egallash, balki ularni komil inson, ma`naviyatli shaxs qilib shakillantirish hamdir.
Kafedra xodimlari Prezident I.A.Karimovning "Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi inson, uning muvozanatli rivojlanishi va tinchlik" degan so`zlarini o`zlariga shior qilb olishgan. Kafedrada ma'rifat va madaniyat yo'nalishi bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Kafedra hodimlari faxriylar holidan habar olmoqda
Kafedrada xalqimizning madaniy va ma'naviy merosi tarixini o'rganishdga, yoshlarimizga yuksak axloqiy va boy ma'naviy, ezgu an`analarimiz tamoyilida tarbiya berishga katta ahamiyat beriladi. Kafedrada har yili o'quv yili boshida kafedra ma'naviy va ma'rifiy ishlari yillik rejasi muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Reja asosida muhim sanalarga, O`zbekiston Respublikasi va xalqimiz tarixidagi shonli sanalarga bag'ishlangan kechalar, uchrashuvlar, suhbatlar o’tkaziladi.
Talabalar turar joyiga tashrif
Kafedra xodimlari filialning va fakultetning barcha tadbirlarida faol ishtirok etadilar.Kafedramizning ko’pchilik xodimlari: G.B. Shamuratova, O.S. Allaberganov va U.A. Bobojanovlar 4 va 6 kurs guruhlari murabbiylari hamdir. Rejaga muofiq guruh murabbiylari o’z talabalari bilan yil davomida muzey va teatrlarga, Xiva shahri yodgorliklarini o`rganishga, viloyat tasviriy san`at galereyasiga boradilar. Guruhdagi ko’pchilik talabalar yotoqxonada yashaydilar, shuning uchun yotoqxonadagi talabalarga alohida kuratorlar biriktirilgan. Kafedra xodimlari matbuot, ommaviy axborot vositalari orqali “soglom hayot tarzini”faol targ’ibot qiladilar. Kafedra xodimlari filial "Ma’naviyat - ma'rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo`limi" tomonidan rejalashtirilgan Davlat Dasturlarini bajarish bo`yicha ishlab chiqilgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqdalar.