+99862 224 84 84 | This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.                                                                                                                                      

Deutschland online bookmaker http://artbetting.de/bet365/ 100% Bonus.

Kafedra tarixi

   1995 yilda I Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filialida nevrologiya fani o’qitilishi munosabati bilan nevrologiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri lavozimiga Respublika nevrologiya markazidan taklif qilingan t.f.n., dotsent I.A. Qilichev tayinlandi

 

Qilichev Ibodulla Abdullayevich

(1995-2017 yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan)

   Birinchi Toshkent Davlat tibbiyot institutidan o’quv adabiyotlari olib kelinib davolash va pediatriya fakultetlari talabalari uchun nevrologiya fanidan o’qitish ishlari boshlab yuborildi.

 

   Dastlabki yillarda kafedrada o’qitish ishlari kafedra mudiri dotsent I.A. Qilichev, assistent Z.I. Adambaev va o’rindoshlik asosida ishlayotgan assistentlar oliy toifadagi shifokor nevropatologlar: R.S. Yarashev, A.B. Atajanov, B.S. Sadiqov, U.K. Karimov, M. Rajapovalar tomonidan olib borildi.

 

   Xodimlarning kuch g’ayrati bilan tez kunda 1OO dan ortiq ko’rgazmali qurollar tayyorlandi (rasmlar, jadvallar).

 

   Kafedraning o’quv bazalari qilib Viloyat 1-klinik shifoxonasi I-II nevrologiya bo’limlari va Bolalar viloyat shifoxonsi bolalar nevrologiyasi bo’limlari belgilandi va bu yerda zarur shart-sharoitlar yaratildi.

 

   1998 yildan kafedraga psixiatriya kursi qo’shilib psixiatriya fanidan o’quv ishlari Viloyat ruhiy kasalliklar dispanserida olib boriladigan bo’ldi.

 

   Psixiatriya fani bo’yicha o’quv ishlarini tashkil qilishda t.f.n. X. Ahmedov, oliy toifadagi shifokor T. Jabbarov keyinchalik O. Saidnazarovlar yaqindan yordam qildilar.

 

   1998 yildan aspirantura ochilishi bilan kafedrada ilmiy ishlar ham yo’lga qo’yildi. Kafedrada Adambaev Z.I., Do’schanov Sh.B. nevrologiya bo’yicha aspiranturada nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Kafedra hodimlari jamoasi 2013 yil

2017 yilgacha professor I.A. Qilichev  kafedraga mudirlik qildi. 2017 yil may oyidan t.f.n., dotsent N.Yu. Xudayberganov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 

Xudayberganov Nurmamat Yusupovich

(2017 yildan kafedra mudiri)

Hozirgi kunda kafedrada o’quv ishlarini 14 ta professor-o’kituvchilar olib bormokdalar. Ulardan 1 tasi fan doktori, 3 tasi fan nomzodlari, 2 ta katta o’qituvchi va 9 tasi yukori malakali assisentlardir.

Download Template Joomla 3.0 free theme.


          


 

 

BIZNING MANZIL

O'zbekiston, Urganch shahri

Al-Xorazmiy ko'chasi 28-uy

Tel +(99862) 224 84 84

Email  This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.

Transport: 7-19 avtobus

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

   


Copyright © 2018 ТMА Urgench Branch. All Rights Reserved.